21:50 / 21.05.2018
4288

Eron prezidenti terma jamoaning jahon chempionatidagi muvaffaqiyatiga ishonmoqda

Foto: Tehran Times

Eron terma jamoasi futbolchilari JCh-2018 musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etishga qodir. Bu haqdagi mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy so‘zlarini Tasnim axborot agentligi keltirmoqda.

«Mashg‘ulotlaringiz, mehnatingiz va ruhiy kuchingizni inobatga oladigan bo‘lsak, g‘alaba va muvaffaqiyatni erishib bo‘lmas narsa deb qarash noto‘g‘ri» - dedi Ruhoniy Eron terma jamoasi bilan bo‘lgan uchrashuvda.

«G‘alaba - bu faqat bir jamoadan ustun kelish yoki bir necha gol urish degani emas. Haqiqiy g‘alaba nafaqat natijadan, balki yaxshi o‘yin va muxlislar ishonchini qozonishdan iborat bo‘lishi ham mumkin».

Ruhoniy futbolning boshqa sport turlariga nisbatan alohida o‘rin tutishi haqida ham gapirdi.

«Futbol faoliyatingizni boshlaganingizda, qanday katta mas'uliyatni o‘z zimmangizga olganingiz va muvaffaqiyatingiz insonlarning ma'naviy ruhini baland qilishini bilgan edingiz» - dedi u.

Mavzuga oid
Top