Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MRBning ilk ayol rahbari o‘z majburiyatlarini bajarishga kirishdi
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining yangi rahbari Jina Xespel 21 may kuni o‘z majburiyatlarini bajarishga kirishdi. Undan qasamyodni AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens qabul qilib oldi.
Marosimda shuningdek AQSh prezidenti Donald Tramp va bosh kotib Maykl Pompeo ham ishtirok etgan. Tramp Xespel o‘z lavozimini bajarishga kirishishidan oldin unga omad tilab, “mamlakatda bu lavozimga undan malakaliroq odam yo‘qligini” ta'kidlab o‘tgan.
Xespel AQSh tarixida MRBga rahbar etib tayinlangan ilk ayol bo‘ldi. 17 mayda AQSh kongressi senati Xespelni bu lavozimga tasdiqladi. Uning nomzodini 100 senatordan 54 nafari qo‘llab-quvvatlagan. Xespel bu lavozimda AQSh davlat kotibi etib tayinlangan Maykl Pompeoning o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
08:47 / 15.05.2026
MRB rahbari Kubaga Trampning taklifini yetkazdi
16:55 / 21.01.2026
Amerikaning SSSR bo‘yicha bosh kontrrazvedkachisi nega ruslar tomonga o‘tib ketgandi?
13:25 / 26.06.2025
MRB Eron yadro obektlariga jiddiy zarar yetganini e’lon qildi
20:12 / 22.05.2025