Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sel Farg‘ona vodiysiga ham «bostirib keldi» (video)
Mayning ikkinchi yarmida O‘zbekiston viloyatlarida kuchli yog‘ingarchiliklar ortidan sel kelishi kuzatilmoqda.
O‘tgan haftada Samarqand va Navoiydagi sellar oqibatida qishloq xo‘jaligida jiddiy zararlar kuzatilgan bo‘lsa, Surxondaryoda kuchli yomg‘irdan so‘ng 116ta uy suv ostida qoldi va 750dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani, «Mirzato‘q» mahalla fuqarolar yig‘ini, Sariqamish qishlog‘ida sel oqimi besh kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.
So‘nggi kunlarda esa O‘zbekistonning sharqiy viloyatlarida ham kuchli yomg‘irlar selga aylanmoqda. Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 543ta hovli suv ostida qoldi.
KUN.UZ mobil muxbiri Farg‘ona viloyati, So‘x tumanida kuzatilayotgan sel tasvirlarini yo‘lladi. Videoda kuchli suv oqimi aholi turar joylariga bostirib kirgani, ko‘chalarda mashinalar loyga botib qolganini kuzatish mumkin.
So‘x tumanidagi “G‘aznob” mahallasida seldan paydo bo‘lgan kuchli suv oqimi oqibatida uylar, ko‘chalar zarar ko‘rdi. Mahallaning qabristonini oqim yuvib ketganligi tasvirlangan videolavhalar tarqaldi.
Tabiiy ofatdan jami 243 xonadon qisman zarar ko‘rgan.



Farg‘ona viloyat ma'naviyat boshqarmasi, viloyat kasaba uyushmasi tomonidan aholiga eng kerakli anjomlar keltirilib, 15 xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Sel oqibatlarini bartaraf etish uchun 27ta MFYdan 600 nafar hasharchi yetib kelishdi.

FVV O‘zbekistonning qator viloyatlarida 22 maygacha sel kelish xavfi mavjudligidan ogohlantirgan.
Mavzuga oid
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
16:25 / 17.01.2026
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
17:20 / 07.01.2026