Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston janubida terakt. 16 kishi halok bo‘ldi
Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyatida sodir etilgan navbatdagi terakt oqibatida 16 kishi halok bo‘lib, 37 kishi jarohatlandi.
«Anadolu» agentligi Qandahor gubernatori matbuot xizmatiga asoslanib xabar berishicha, portlash mahalliy vaqt bilan soat12:30da Kandvali uyezdida sodir etilgan. Xudkush terrorchi portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan avtomobilni sapyorlar guruhi oldida portlatib yuborgan.
Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, qurbonlar orasida tinch aholi vakillari ham bor.
Portlash ro‘y bergan yo‘lga olib boruvchi barcha yo‘llar berkitilgan. Portlash yaqin atrofdagi uylarga va avtomobillarga jiddiy zarar keltirgan.
Jarohatlanganlarning ayrimlari o‘ta og‘ir ahvolda qolmoqda. Hukumat qurbonlar soni ortishini istisno etmayapti.
Ushbu terakt uchun javobgarlikni hozircha hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026