Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google kompaniyasi millionlab foydalanuvchilar ortidan ayg‘oqchilik qilgani fosh bo‘ldi
Foto: Jason Lee / Reuters
Buyuk Britaniya sudi Google kompaniyasiga qarshi jamoaviy shikoyatni ko‘rib chiqadi. Shikoyatda iPhone tutuvchi 4,4 mln kishi kompaniyani ayg‘oqchilikda va shaxsiy ma'lumot yig‘ishda ayblagan.
Advokat Richard Lloydning aytishicha, 2011 yil avgustidan 2012 yil fevraligacha Google Apple’ning Safari brauzeridagi xavfsizlik sozlanmalarini chetlab o‘tgan. Shu tariqa kompaniya o‘z reklamasini aholining ma'lum qatlamlariga qaratmoqchi bo‘lgan. Google bunda foydalanuvchilarni “futbol ishqibozlari” va “havaskorlar”ga bo‘lgan.
Google’dan noqonuniy ishi uchun 3,2 mlrd funt sterling to‘lash talab qilinmoqda.
Google’da ta'kidlanishicha, ma'lumotlar uchinchi tomonlarga berilmagan, ular bo‘yicha aniq odamni aniqlab bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
23:34 / 18.04.2026
2026 yil birinchi choragidagi eng yaxshi smartfonlar ma’lum qilindi
21:07 / 06.04.2026
Apple buklanadigan iPhone ishlab chiqarishni boshladi
22:08 / 24.03.2026
Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari dizaynini keskin o‘zgartirishi kutilmoqda
13:56 / 28.02.2026