Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallalardagi aholini qiynab kelayotgan muammolar qachon va kim tomonidan hal etiladi?
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017 yilda ilk marta Toshkent shahar Xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylovlar o‘tkazilganidan ko‘pchilik yaxshi xabardor. Unda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 137 nafar nomzod tuman Kengashi deputati degan maqomga ega bo‘ldi. Xo‘sh, bugungi kunda, Toshkent shahar tuman Kengashlariga saylangan deputatlar davlatimiz rahbari ko‘p bora qayd etganlaridek, xalqning ichiga kirib, aholining dardu-tashvishi bilan yashay olyaptilarmi?
O‘zLiDeP matbuot xizmati tomonidan tashkil etilgan “Deputatning bir kuni” loyihasi orqali mazkur savollarga birgalikda javob izlaymiz. Ushbu loyihaning maqsadi ham aynan Toshkent shahar tuman Kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi vakillarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
Garchi Toshkent shahar Xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylangan deputatlar ish boshlaganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, ular o‘z vakolati doirasida aholi bilan muloqot qilib, ularning manfaatlarini himoya qilish va ta'minlash yuzasidan qizg‘in ish jarayonlarini boshlab yuborishgan.
“Deputatning bir kuni” loyihasining navbatdagi ishtirokchisi mana shunday faol deputatlarimizdan biri — Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a'zosi Yorqin Zokirovdir. “Behizor” mahallasidan saylangan deputat har juma kuni aholi bilan bevosita suhbatda bo‘lib, u yerdagi muammolarni birgalikda hal qilishda bor kuch va g‘ayratini ishga solib kelmoqda.
Jamoamiz deputat bilan birgalikda ushbu mahallaga ko‘p yillardan beri yig‘ilib qolgan masalalarni o‘rganish maqsadida aholi bilan suhbatda bo‘ldi.
Yashnobod tumani, “Behizor” mahallasidagi aksariyat uylar 1966 yilgi zilziladan keyin qurilgan. Ko‘chalarga o‘rnatilgan simyog‘ochlar esa allaqachon xizmatini o‘tab bo‘lgan. Bu ham yetmaganidek, yoritish masalasi ham mana bir necha yildirki, paysalga solinib, aholi ixtiyoriga topshirib qo‘yilgan. Ko‘chalardagi simyog‘ochlarni almashtirish va yoritish masalasida yordam so‘rab mahalla faollari deputatga murojaat qilishgandi.
“Ko‘prigimiz kichkina, hattoki aravacha ham sig‘maydi. Lekin qish faslida u yerdan o‘tish juda azob. Bilasizmi, ko‘prikdan o‘taman deb ancha odamlar yiqilib ham tushdi. Shu ko‘chadan yosh bolalar maktabga boradi, bog‘chaga boradi. Sababi qisqa yo‘l bo‘lganligi uchun aylanib o‘tishdan ko‘ra shu yo‘lni afzal deb bilishadi. Shu ko‘prikni beton ko‘prik qilib to‘siqlar o‘rnatib berishsa, xursand bo‘lardik. Hokimiyatga va boshqa tashkilotlarga murojaat qildik, hech qanday natija bo‘lmayapti”, deydi mahalla ahli.
Shahnoza bundan 14 yil avval Yashnobod tumanidagi “Behizor” mahallasida yashovchi Eshmatovlar oilasiga kelin bo‘lib tushgan edi. Oradan o‘tgan yillar davomida yosh oila o‘zidan ko‘payib, to‘rtta farzand ko‘rdi. Oila a'zolarida uy-joy xarid qilishga imkoniyat yo‘qligi bois kichik hovlida uch ovsin 12 nafar bola kun kechirmoqda. Aka-ukalar yaxshi yashash uchun nima qilish haqida bosh qotirib, maslahat qilib yurishganda, Prezidentimiz tashabbusi bilan arzon uy-joylar qurish boshlandi.
Bunday uylarning birinchi bosqichida yetarlicha mablag‘i bo‘lmagani uchun Eshmatovlar oilasi ro‘yxatdan tushib qoldi. Shunda ular deputatga murojaat qilishga majbur bo‘ldilar.
Ushbu masalalarni hal qilishda yordam so‘rab mahalla aholisi Yashnobod tuman kengashi deputati Yorqin Zokirovga murojaat qildi.
Bu borada batafsil ma'lumotni videolavha orqali bilib olishingiz mumkin
Mavzuga oid
17:23 / 12.05.2026
Quyosh paneli o‘rnatgan korxonalardan elektrning xarid narxi pasaytirilishi mumkin
17:55 / 17.04.2026
O‘zLiDeP: "Xalq bilan birga” dasturi doirasida 534 ta muammo o‘rganilib, 421 ta yechim berildi
17:20 / 13.01.2026
Xovosda fermerlarning yerlari ommaviy tortib olinyapti
23:20 / 16.06.2025