Sport | 17:25 / 22.05.2018
4934
3 daqiqa o‘qiladi

Pirlo xayrlashuv o‘yiniga dunyo yulduzlarini to‘pladi

Andrea Pirlo o‘tgan yili faoliyatini tugatganini e'lon qilgan edi. 6 noyabr kuni u 3 yil davomida sharafini himoya qilgan «Nyu-York Siti» klubi tarkibidagi so‘nggi o‘yinida maydonga tushdi. 

21 may kuni esa sobiq futbolchi Milan shahrida xayrlashuv o‘yinini o‘tkazdi. 2 kun oldin 39 yoshga to‘lgan Pirlo do‘stlarini yig‘ib, ikki jamoaga ajratdi va ular to‘lib-toshgan «San-Siro» tribunalari oldida quvnoq tarzda to‘p tepishdi: Shevchenko 1-daqiqadayoq hisobni ochdi, Indzagi esa het-trik sohibi bo‘lib, o‘yin oxirida durang natijani ta'minladi.

Pirlo o‘yinni «Oq yulduzlar» jamoasi tarkibida boshladi, unga Karlo Anchelotti va Antonio Konte murabbiylik qilishdi. So‘ngra «Ko‘k yulduzlar» tarkibida tugatdi, unga Massimiliano Allegri, Roberto Donadoni va Mauro Tassotti ustozlik qilishdi.

O‘yin tugashiga 1,5 daqiqa qolganida Andrea maydondagi o‘rnini 15 yoshli o‘g‘li Nikkologa bo‘shatib berdi. 

Oq yulduzlar – Ko‘k yulduzlar – 7:7 (3:5)

Gollar: 0:1 – Shevchenko (1), 0:2 – Kualyarella (6), 1:2 – Pato (13), 1:3 – Kassano (29), 2:3 – Veri (32), 2:4 – Kafu (35), 3:4 – Pato (41), 3:5 – Zeyedorf (45), 3:6 – Brokki (47), 3:7 – Luka Toni (71), 4:7– Indzagi (75), 5:7- Matri (78), 6:7 – Indzagi (79), 7:7 – Indzagi (84).

«Oq yulduzlar»: Dida, Abyatti, Bonuchchi, Kellini, Dzanetti, Kostakurta, Favalli, Dzambrotta, Yankulovski, Maldini, Oddo, Nesta, Shimich, Baronio, Kamoranezi, Gattuzo, Leonardo, Lempard, Pirlo, Ruy Koshta, Pepe, Pirlo, Verratti, Vidal, Badjo, Di Natale, Yakvinta, Filippo Indzagi, Matri, Totti, Pato, Veri, Del Pero.

«Ko‘k yulduzlar»: Buffon, Storari, Adani, Bardzali, Kafu, Bonera, Diana, Ferrara, Kaladze, Materatstsi, Serjino, Pirlo, Brokki, Diamanti, De Rossi, Markizio, Perotta, Zeyedorf, Albertini, Ambrozini, Borrello, Ronaldino, Teves, Luka Toni, Ventola, Kassano, Shevchenko, Kualyarella.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid