20:40 / 22.05.2018
6159

Jahon banki O‘zbekistondagi ta'lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlaydi

21 may kuni Toshkent shahrida Jahon banki (JB) ekspertlari "2018 yilgi dunyo taraqqiyoti: Ta'lim islohotlarini amalga oshirish vositasi sifatida" mavzuidagi ma'ruzasini taqdim qilishdi. Shuningdek O‘zbekistonda ta'lim sohasini rivojlantirish va kadrlar tayyorlash uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Jahon banki matbuot xizmati KUN.UZ'ga shu haqida ma'lum qildi.

Foto: Jahon banki matbuot xizmati

Taqdimotda Jahon banki ta'lim sektori rahbari Keyko Miva xonim, JBning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha ta'lim sektori rahbari janob Kristian Aedo, shuningdek taraqqiyot iqtisodiyoti bosh direktori va bosh iqtisodchi vazifasi bajaruvchisi janob Shanta Devarayan ishtirok etishdi.

"2018 yilgi dunyo taraqqiyoti: Ta'lim islohotlarini amalga oshirish vositasi sifatida" mavzuidagi ma'ruza dunyodagi "ta'lim inqirozi"dan ogohlantiradi. U nafaqat qator mamlakatlardagi bolalar maktabga qatnashiga qaramay, zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmayotganilarini namoyish qiladi, balki bu salbiy jihat surunkali tus olayotgan hamda shu mamlakatlar rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar ta'siridagi omillarni ham fosh qiladi.

Ma'ruzada dunyoning 20 mamlakatidagi hukumatlar, tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari,  xususiy sektor vakillari bilan keng ko‘lamli maslahatlashuvlar davomida olingan ma'lumotlarga asoslanib, hukumatlar uchun uch tavsiya shakllantirilgan:

1. Ta'lim sifatini shunday baholash kerakki, toki u baholash mumkin bo‘lgan maqsadga aylansin

Rivojlanayotgan mamlakatlarning yarmidagina o‘rta maktabning boshlang‘ich va birinchi bosqichini tugallayotgan o‘quvchilar bilim sifatini baholash tizimi mavjud. Yaxshi ishlangan o‘quvchilarning yutuqlarini baholash tizimi o‘qituvchilarga tizimni boshqarishni takomillashtirish va ta'lim jarayoniga jamoatchilik e'tiborini qaratish imkonini beradi. Bu choralar taraqqiyot siyosati va kuzatuvi variantlarini tanlash, shuningdek murakkab vaziyatda qolgan bolalarni aniqlashda yordam berishi mumkin.

2. Maktablar bolalarning manfaatlari yo‘lida ishlashiga doir choralar ko‘rish

Bolalar maktabga tayyor bo‘lib kelishlari uchun kichik yoshdagi bolalarni oziqlantirish va rag‘batlantirishni ta'minlash orqali ularning aqliy salohiyatini rivojlantirish va o‘sishdan ortda qolish ko‘rsatkichlarini pasaytirib, barcha uchun birdek shart-sharoit yaratish. Ta'lim sohasiga iste'dodli kishilarni jalb qilish va ularni rag‘batlantirish, ustoz-shogird tizimidan foydalanib, o‘qituvchilarning malaka oshirishini tashkillashtirish. O‘qituvchilarga ta'lim berish jarayonida o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olishga yordam beruvchi texnologiyalarni qo‘llash va maktablar rahbariyati, jumladan ularning direktorlari salohiyatini oshirish.

3. Ta'lim olishdan manfaatdor barcha kishilarni mobillashtirish

Ta'lim tizimini isloh qilishda fuqarolar mobillashuvi va siyosiy tayyorgarlikni shakllantirish uchun barcha axborot va ko‘rsatkichlardan foydalanish. Manfaatdor tomonlarni, jumladan ishbilarmon doiralarni ta'limni barcha bosqichlarida qayta isloh qilish jarayoniga jalb qilish.

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Xideki Mori taqdimotdagi nutqida shunday dedi: "Ta'lim islohotlarini amalga oshirish yoshlarga nafaqat ertangi kun iqtisodiyotida raqobatlashish, balki ularning o‘z mamlakatlaridagi hayotni yaxshilash imkonini beradi. Shu sabab bilan Bank O‘zbekiston hukumatining ta'lim tizimini yaxshilashga yo‘naltirilgan sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi".

Top