Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchilarni javobgarlikka tortadigan va rag‘batlantiradigan zamonaviy balli tizim joriy etiladi
O‘zbekistonda ilg‘or xorij tajribasini (XXR, Gruziya, GFR, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstriya va boshqa davlatlar) hisobga olib, haydovchilarni javobgarlikka tortadigan va rag‘batlantiradigan zamonaviy balli tizim joriy etiladi. Bu 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yul harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasini 2018-2019 yillarda amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"da nazarda tutilgan.
Xususan, quyidagilarni nazarda tutadigan ball to‘plab borish tizimini joriy etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanadi:
har yili haydovchilik guvohnomasiga 12 ball yozish. Bu ballar qoidabuzarlik turiga qarab kamayib boradi (ya'ni, agar haydovchining qoida buzishi 12 ballga yetsa, u haydovchilik huquqidan mahrum etiladi);
ball tizimini qo‘llashda differensial yondashuv (ya'ni, jarima ballari Yo‘l harakati qoidalari qanchalik og‘ir buzilganligiga qarab belgilanadi);
muayyan vaqt ichida Yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish.
Mavzuga oid
08:20 / 03.06.2026
DXX tezkor tadbiri: Trackerʼdan 8,9 kg gashish topildi
09:03 / 28.05.2026
Hukumat nazorat-kassa tizimi bo‘yicha yangi o‘zgartishlar tayyorlamoqda
12:32 / 10.09.2025
Bitiruvchilari eng yuqori ball to‘plagan top-10 maktab ma’lum qilindi
10:45 / 22.03.2025