23:48 / 23.05.2018
7522

Yangi virus oqibatida 54 ta davlatdagi kompyuterlarga zarar yetkazildi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Malgavko

Yangi kompyuter virusi 50 dan ko‘proq davlatdagi 500 mingga yaqin qurilmani zararladi. Bu haqda AQShning Cisco Systems kompaniyasi ma'lum qildi.  

VPNFilter deb nomlangan ushbu zararli dastur tarmoq qurilmalari, jumladan router va ma'lumot saqlagichlarga ziyon yetkazadi. Xakerlar dastur yordamida nafaqat saytlardagi ma'lumotlarni o‘g‘irlashlari, balki raqamli qurilmalarni ishdan chiqarishlari mumkin.

Kompaniya mutaxassislarining ta'kidlashicha, VPNFilter 54 ta davlatda, ayniqsa Ukrainada faol tarqalgan.

Avvalroq Ukraina xavfsizlik xizmatida Kiyevda o‘tadigan Chempionlar ligasi finali oldidan davlat idoralari saytlariga hujum qilinishi mumkinligini ma'lum qilingan. 

Bu oxirgi bir necha oy ichidagi birinchi yirik kiberhujum emas. Aprelda mutaxassislar Microsoft Word dasturining zararlangan fayllari ommaviy jo‘natilganini qayd qilishgan. 

2017 yil internet orqali kompyuterda saqlanuvchi ma'lumotga kira olish uchun foydalanuvchilardan pul talab qilgan shifrlovchi viruslar “epidemiyasi” avj oldi. WannaCry va NotPetya viruslari hujumlari eng yiriklari bo‘lgan. Bu viruslardan ko‘rilgan zarar miqdori 5 mlrd dollardan oshib ketgan. 

 

Mavzuga oid
Top