Jahon | 09:42 / 23.05.2018
2398
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-York shtati bosh prokurori lavozimini ilk bor ayol kishi egalladi

Foto: Hans Pennink/AP

Barbara Andervud Nyu-York shtati bosh prokurori lavozimiga tayinlangan ilk ayol bo‘ldi. 

Andervud bu lavozimda may oyi boshida 4 ayol tomonidan do‘pposlash va qo‘rqitishda ayblangani sababli iste'foga ketgan Erik Shnayderman o‘rnini egalladi. Andervud bu lavozimga 22 may kuni shtat qonunchilik yig‘ini tomonidan rasman tasdiqlandi va shtatning 66-sonli bosh prokurori bo‘ldi.

73 yoshli ayol bungacha Nyu-York shtati sharqiy okrugi prokurori yordamchisi lavozimini egallagan. U hammasi bo‘lib bosh prokuraturada 10 yildan ko‘proq ishlagan. 

AQShning ko‘plab shtatlarida bosh prokuror ovoz berish orqali saylanadi. Shnayderman iste'foga vakolatlari tugashidan avval ketgani sababli uning vorisini qonunchilik yig‘ini a'zolari tasdiqlashlariga to‘g‘ri kelgan.

Andervud bu lavozimni navbatdagi saylovlargacha, ya'ni 2018 yil noyabrigacha egallaydi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish