Jamiyat | 19:31 / 23.05.2018
3289
2 daqiqa o‘qiladi

Og‘ir jinoyatda ayblangan shaxsning aybi isbotlanmadi, u bir yilu yetti oydan so‘ng ozod etildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Yashnobod tuman sudi joriy yilning 2 may kuni 2016 yil 21 oktabrdan beri qamoqda o‘tirgan A.Nazarovga nisbatan oqlov ishini ko‘rib chiqdi. 

Sudda A.Nazarov Jinoyat Kodeksining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish jinoyatini sodir etmaganligi isbotlanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Shu bilan birga, unga reabilitatsiya qilinganligi munosabati bilan qamoqda o‘tirgan va boshqacha tartibda moddiy va ma'naviy zarar yetkazilganligi holati bo‘yicha fuqarolik tartibda sudga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Ichki ishlar organidagi aybdor xodimlarning xarakatlariga va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga qonuniy baho berish uchun xususiy ajrim chiqarilib, prokuraturaga yuborildi.

Dastlabki tergov tomonidan e'lon qilingan aybga ko‘ra, A.Nazarov 2016 yil 18 oktabr kuni Yashnobod tumani «Yangiobod» bozorida bo‘la turib, fuqaro Filonyuk Ivandan 39,29 grammga teng bo‘lgan qovurilgan nasha (jaryuxa) giyohvandlik vositasini olib, 2016 yil 19 oktabr kuni soat 09:00larda Imamkulov Bahodirga 10.000 so‘m evaziga sotgan.

Mazkur jinoyat ishini sudda ko‘rish jarayonida, A.Nazarov aslida Yashnobod tumani IIB tezkor xodimiga I.Filonyuk degan shaxs u orqali B.Imamkulov ismli fuqaroga mazkur giyohvandlik vositasini o‘tkazmoqchi bo‘layotganligini aytgan. 2016 yil 18 oktabr kuni ertalab I.Filonyuk unga giyohvand vositasini tashlab ketganini bildirgan. U giyohvandlik vositasini B.Imamkulovga o‘tkazish bo‘yicha IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir jarayoniga jalb qilingan. Biroq IIB mas'ul xodimi tomonidan rasman hujjatlashtirilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish