Jahon | 23:51 / 23.05.2018
18756
2 daqiqa o‘qiladi

Saddam Husaynning superyaxtasi mehmonxonaga aylantirildi

Foto: Essam Al Sudani / Reuters

Iroqning sobiq rahbari Saddam Husaynning Basrah Breeze deb nomlangan superyaxtasini mehmonxonaga aylantirishga qaror qilindi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Yaxta 2003 yilgi urush vaqtida Saudiya Arabistoni tomonidan musodara qilingan va 30 mln dollarga sotilmoqchi bo‘lgan. Barcha qulayliklar bilan ta'minlangan kemaga bir necha yil davomida xaridor topilmagan. Iroq hukumati yaxtaga Husayn tomondan emas, balki mamlakat vazirlar mahkamasi tomondan buyurtma berilgani va demak, u Iroqqa tegishli ekanligi ta'kidlab kelingan. Uzoq davom etgan sud jarayonlaridan keyin yaxta Iroqqa qaytarilgan.

Bu haqiqiy suzib yuruvchi saroy bo‘lib, unga oltin, kumush, qizil yog‘och va marmar bilan ishlov berilgan. Stapellardan 1981 yilda tushirilgan yaxtada mehmonlar uchun 17 ta kayuta, ekipaj uchun 18 ta kayuta, oshxonalar, yotoqxonalar va boshqa xonalar mavjud. Bundan tashqari, yaxta o‘z tibbiy klinikasi, zenit raketalari pusk qurilmalari, o‘q o‘tmaydigan oynalar va qochish vaziyatiga suv osti kemasi bilan jihozlangan bo‘lgan.

Ma'lum vaqt yaxtadan tadqiqot kemasi sifatida foydalanilgan. Endi portda turadigan yaxta-mehmonxonada Basraning chekkaroq qismlarida yashovchi dengizchilar reyslar o‘rtasida dam olishlari mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid