Statistika ma'lumotlari şundan dalolat beradiki, respublika hududida har yili örtaça 9-10 mingta yöl-transport hodisasi röy beradi. Ularning 2 mingdan ortiği odamlar qurbon bölişiga olib kelmoqda. Bu haqda 2018-2022 yillarda Özbekiston Respublikasida yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş konsepsiyasida aytiladi.
Qayd etilişiça, 2018-2022 yillarda Özbekiston Respublikasida yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş konsepsiyasini hayotga tatbiq etiş orqali yöl harakatini taşkil qiliş va ta'minlaş sohasida davlat boşqaruvi samaradorligini oşiriş vazifasiga mutlaqo yangiça yondaşuvlarni şakllantiriş alohida ahamiyat kasb etmoqda. Uşbu Kontseptsiya quyidagi asosiy yönalişlarni öz içiga olgan:
yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillaştiriş, şu jumladan Yöl harakati qoidalarini qöpol buzganlik uçun javobgarlik çoralarini yanada kuçaytiriş;
yöl infratuzilmasini kompleks takomillaştiriş, yöllar sifatini yaxşilaş, transport vositalarining xavfsiz harakatlanişi uçun işonçli şaroitlar yaratiş;
yöl harakati iştirokçilarining huquqiy madaniyati, zarur bilimlari va malakasini oşiriş, intizomini mustahkamlaş.
Yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş sohasida normativ-huquqiy bazani mustahkamlaş
Jismoniy va yuridik şaxslarning avtotransport vositalarini videoregistratorlar bilan jihozlaş, yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş sohasida qoidabuzarliklarning oldini oliş maqsadida ularni qöllaş böyiça normativ tartibni belgilaş tadbirlarini taşkil qiliş.
Yöl harakati xavfsizligi davlat xizmati xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholaş mezonlarini işlab çiqiş va joriy qiliş.
Yöl harakati qoidalarini qasddan buzganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş.
Belgilangan harakat tezligini oşiriş, şuningdek, nosoz transport vositasidan foydalaniş oqibatida sodir etiladigan yöl-transport hodisalarining oldini oliş borasidagi çora-tadbirlarni takomillaştiriş.
Piyodalarni Yöl harakati qoidalarini buzganligi uçun javobgarlikka tortişning huquqiy mexanizmlarini takomillaştiriş.
Avtomobil yöllarida transport vositalarini töxtatiş va maxsus tadbirlarni ötkaziş tartibini takomillaştiriş hamda buning uçun asoslar röyxatini aniqlaş.
Yöl harakati sohasidagi ma'muriy qoidabuzarliklar töğrisidagi materiallarni zudlik bilan rasmiylaştiriş va körib çiqişning elektron tizimini yaratiş.
Qidiruv e'lon qilingan şaxslar va transport vositatarini tanişning elektron tizimini tezkor taşkil qiliş va undan keyinçalik samarali foydalanişni ta'minlaydigan amaliy mexanizmni joriy etiş.
Yöl harakati qoidalariga yöl harakati xavfsizligining sifat darajasi va işonçliligini oşirişga yönaltirilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş.
Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati işini taşkil etiş samaradorligini, şu jumladan Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlarga böliş tamoyillari hisobga olingan holda, yöl-patrul xizmatining kuç va vositalarini oqilona taqsimlaş yöli bilan oşiriş yuzasidan amaliy çora-tadbirlar köriş.
Transport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş tartibini takomillaştiriş.
Jarima maydonçalari normativlarini işlab çiqiş va belgilaş, davlat- xususiy şeriklik mexanizmlari joriy etilişini hisobga olgan holda ular faoliyatini takomillaştiriş.
Davlat-xususiy şeriklik mexanizmlarini yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş tizimiga joriy etiş.
Davlat yöl harakati xizmatining ilmiy, kadrlar va moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlaş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş, uning xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholaş mezonlarini joriy etiş.
2018-2019 yillarda yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş böyiça faoliyat samaradorligini baholaş maqsadida quyidagi asosiy körsatkiçlarni hisobga oliş va tahlil qiliş taşkil etiladi:
yöl harakati sohasida yöl-transport hodisalari va ma'muriy huquqbuzarliklar soni;
piyodalar iştirokida sodir etilgan yöl-transport hodisalari va ma'muriy huquqbuzarliklar soni;
bolalar iştirokida sodir etilgan yöl-transport hodisalari va ma'muriy huquqbuzarliklar soni;
odamlarning ölimiga yoki jarohat olişiga olib kelgan yul-transport hodisalari soni;
yöl qoplamasining qoniqarsiz holati, şuningdek, yöl belgilari va çiziqlar mavjud emasligi sababli sodir etilgan yöl-transport hodisalari soni;
yölovçilar va yuk taşiş sohasida avtotaşuvçilar tomonidan sodir etilgan yöl-transport hodisalari soni;
yöl infratuzilmasi obektlariga yetkazilgan zarar miqdori;
transport va yöl infratuzilmasi obektlarida foydalaniladigan xavfsizlikni ta'minlaş tizimlari va vositalari soni;
yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş uçun mas'ul bölgan davlat organlari mutaxassislarining umumiy soni.












