22 iyul ertalabki 8:30 atrofida AQŞda ayançli yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Buning natijasida 38 yaşar özbekistonlik Jamoliddin Tohirov vafot etgan.
Dastlabki tergov natijalariga köra, Jamoliddin Tohirov boşqarayotgan 18 ğildirakli 2022 Freightliner rusumli fura içki beton tösiqqa urilgan va qarama-qarşi yönalişdagi barça yölaklardan ötib, taşqi himoya panjarasini ham yorib ötgan. Haydovçi voqea joyida vafot etgan. Halokat yuzasidan tergov işlari davom ettirilmoqda.



Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, avtohalokat sodir bölgan kuni kuçli yomğir yoğayotgan bölgan. Marhum Florida ştatining Orlando şahrida yaşagan.
Ma’lumot uçun, Amerikaga borgan özbeklarimizning köpçiligi katta hajmli yuk maşinalarida (track) haydovçilik qiladi. Lekin bu – amerikaliklarning özi işlaşni xohlamaydigan eng oğir sohalardan biri. Çunki ularning ölçami katta va töxtaş yoki tezkor manyovr qiliş yengil avtomobillarga nisbatan sekinroq va köproq joy talab qiladi. Yuqori kabina va uzun kuzov tufayli atrofdagi transport vositalari va piyodalarni körişda qiyinçiliklarga duç keliş mumkin. Bu esa xavfni oşiradi.












