19:04 / 24.05.2018
17261

Nazarboyev qozog‘istonliklarni ishlashga chaqirdi

Foto: akorda.kz

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev fuqarolarni ish bilan shug‘ullanishga va professional bo‘lishga chaqirdi, deya xabar beradi Tengrinews.kz.

Bundan avval Qozog‘iston rahbari tadbirkorlik faoliyati masalalari bo‘yicha tuzatishlarni imzolagandi. Keyinchalik, prezident matbuot xizmati Nazarboyevning xalqqa videomurojaatini e'lon qildi.

"Bu hozir – biz “Beshta ijtimoiy tashabbus”ni qabul qilayotganimizda amalga oshgani yaxshi bo‘ldi. Hozirda kam ta'minlanganlar uchun ipoteka uy-joyi qurilishi boshlanmoqda, talabalar yotoqxonalari barpo etiladi, mikrokreditlarning oshishi ta'minlanadi. Bularning bari – biznes uchun juda katta imkoniyatlar, jumladan obektlarni xususiylashtirish ham. Shuning uchun barcha qozog‘istonliklarni yana bir bor ishlashga chaqiraman. Ishlayotgan odam ipotekaga uy ham oladi, universitetlarda ham ta'lim oladi, o‘z oilasi, hayoti farovonligini ham oshiradi. Qozog‘iston sharoitida, ishlayotgan odam, yomon yashashi mumkin emas", - degan prezident.

"Gap ish berish haqida emas, gap kasb borasida boryapti. Barcha professionallarni, ishlashni biladiganlarni qidiradi. Biz ikki yildan beri barcha yoshlarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirayotganimizdan foydalanib qolish kerak. Ya'ni, bugun kasbi bo‘lgan, ishlashni biladigan odam kerak, shunchaki ishga joylashib olib, ishli bo‘ldim, deb hisoblaydiganlar emas", - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Nursulton Nazarboyev.

Mavzuga oid
Top