24 may kuni «Toşkent şahridagi kiçik sanoat zonalarida tadbirkorlarga yaratilayotgan şaroitlar hamda mavjud muammolarni bartaraf etiş çoralari» mavzusidagi seminar taşkil etildi.
Tadbir Toşkent şahar prokuraturasi taşabbusi bilan hokimlik, soliq, bojxona, savdo-sanoat palatasi, arxitektura, standartlaştiriş va metrologiya, yonğin xavfsizligi, kadastr xizmati, banklar, sanitariya-epidemiologiya nazorati, kommunal xizmat körsatiş korxonalari vakillari, tadbirkorlar, şuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirokida ötkazildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyovning 18.05.2017 yilgi «Toşkent şahrida kiçik sanoat zonalarini taşkil etiş töğrisida»gi PQ-2973-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 31.12.2014 yilgi 378-sonli qarorlariga asosan Bektemir, Mirzo Uluğbek, Olmazor, Çilonzor, Uçtepa, Sergeli, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlarida 8ta kiçik sanoat zonalari taşkil etildi.
«Yuqorida qayd etilgan qarorlarni qabul qilinişidan maqsad, davlat uluşi mavjud korxonalaridagi böş turgan işlab çiqariş maydonlaridan samarali foydalaniş, tadbirkorlar uçun investitsiya jalb qiliş uçun qulay şaroitlar yaratiş, raqobatbardoş zamonaviy işlab çiqarişni rivojlantirişni yanada qöllab-quvvatlaş, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi mavjud alohida hududda joylaştirişni ta'minlaş va köplab yangi iş örinlarini yaratişdir», Toşkent şahar prokuraturasi xabarida.
Ötgan qisqa vaqt mobaynida kiçik sanoat zonalarida 674 nafar tadbirkor bilan tuzilgan şartnomalarga asosan 709,2 ming kv.m. bino va inşootlar ajratildi. Bu yerda amalga oşirilayotgan loyihalar umumiy qiymati 965,1 mlrd. sömni, şundan xorijiy investitsiyalar miqdori 13,4 mln. dollarni taşkil qilib, 16,5 mingta yangi işçi örinlari yaratilişi belgilangan.
Kiçik sanoat zonalari taşkil qilinib, ularda rejadagi 674ta investitsiya loyihalaridan 487tasi işga tuşirildi. Bu korxonalarda yillik mahsulot işlab çiqariş hajmi 3,2 trln. sömni, mahsulotlar eksporti hajmi 93,9 mln. dollarga yetkazilişi rejalangan.
Seminarda bojxona va soliq xizmatlari rahbarlari tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, eksport hajmini oşiriş va rağbatlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlar, soliq va bojxona tölovlari böyiça qöllanilayotgan imtiyozlar va prefentsiyalar haqida atrofliça tuşuntiriş berildi.
Tadbirda Yakkasaroy va Bektemir kiçik sanoat zonalari direktorlari KSZ faoliyatini yölga qöyiş va işlarni taşkil qilişdagi tajribalari haqida sözlab berib, yuzaga kelgan muammolarni hal qiliş, tadbirkorlarga şaroitlar yaratişda alohida e'tibor qaratiladigan jihatlari töğrisida fikr bildirişdi.
Tadbirkorlar öz faoliyatlari davomida yuzaga kelayotgan muammolar va takliflarini bildirdilar, tadbir qizğin savol-javob bilan yakunlandi.
Seminar işi yakunlariga köra, bu kabi tadbirlarni muntazam ravişda ötkazib boriş, sayyor qabullarni yanada köproq taşkil etiş, tadbirkorlarning murojaat va takliflarini qisqa muddatlarda hal qiliş çoralarini köriş, tadbirkorlarning huquqlari va manfaatlarini samarali himoya qilişga tösqinlik qiluvçi huquqiy böşliqlar va qarama-qarşiliklarni bartaraf etiş böyiça qonunçilikni takomillaştiriş yuzasidan takliflar kiritib boriş belgilandi.





Şu bilan birga, kiçik sanoat zonalarida faoliyat körsatayotgan tadbirkorlar tomonidan işlab çiqarilayotgan mahsulotlar körgazmasi taşkil qilindi. Körgazmada namoyiş qilingan mahsulotlar bilan tadbirkorlar va şahardagi kasb-hunar kollejlari bitiruvçilari tanişişgan. Bitiruvçi yoşlar şu yerdagi korxonalardagi işlab çiqariş jarayoni bilan tanişib çiqişdi.










