Toşkent şahridagi Fotosuratlar uyida “Orzu” xayriya körgazmasi bölib ötmoqda. Körgazmaga qöyilgan suratlar közi ojiz bolalar tasavvur olami hamda sun’iy idrok uyğunlaşuvi asosida işlangan bölib, bu turdagi kartinalar namoyişi Özbekistonda ilk marta taşkil etildi.

Körgazmaga 16 nafar bolaning tasavvur olami asosida yaratilgan 20 dona surat qöyilgan. Kartinalar bugun, 29 iyun kuni soat 19:00 da ötkaziladigan auksionda sotiladi. 

Yoşlar işlari agentligi mas’ul xodimi Mahliyo Şukurova

Yoşlar işlari agentligi mas’ul xodimi Mahliyo Şukurova suratlarning boşlanğiç narxlari 8 million sömdan boşlanişini qayd etdi. Auksionda sotilgan ijodiy işlardan tuşgan mablağlar közi ojiz bolalarning köriş qobiliyatini tiklaş uçun möljallangan operatsiyalarga yönaltiriladi.

Tadbir taşkilotçilarining ta’kidlaşiça, loyihani amalga oşirişning dastlabki bosqiçida hududlardan körişda nuqsoni bor turli yoşdagi bolalar tanlab olingan. Ular özlarining xohişi va ota-onalarining roziligi asosida tanlangan. Bolalar bilan psixologlar, şifokorlar hamda jurnalistlar iştirokida suhbat ötkazilib, respondentlarning dunyoqaraşi, xayoloti, orzulari örganilgan.

“We digital” marketing agentligi mutaxassisi Hikmatillo Ubaydullayev

“Mutaxassislar jamoasi bolalar va ösmirlarning tasavvur olami borasidagi fakt va elementlarni jamlab, matn holiga keltirişdi. Töplangan ma’lumotlar sun’iy idrokka kiritildi va u bolalarning botiniy dunyosi aksini virtual tasvirlarga aylantirib berdi. Şundan söng sun’iy idrok yaratgan suratlar rassomlar tomonidan rangtasvir körinişiga keltirildi”,