Jahon | 22:00 / 26.05.2018
4419
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh va KXDR sammitini tayyorlash uchun Amerika delegatsiyasi Singapurga yo‘l oladi

Foto: AP Photo / Ahn Young-joon

Amerika ma'muriyati jamoasi AQSh va KXDR yetakchilarining uchrashuv maydonini tayyorlash uchun Singapurga yo‘l oladi, degan Donald Trampning matbuot kotibi Sara Sanders.

«Oq uyning yetakchi guruhi sammit o‘tkaziladigan bo‘lsa, tayyorgarlik ishlarini ko‘rish uchun rejalashtirilganidek Singapurga jo‘nab ketadi», — degun u jurnalistlarga.

Avvalroq Politico nashri Singapurga Oq uy va Davlat departamentining 30 nafardan ortiq xodimi yo‘l olishini xabar qilgan edi. Ularning vazifasi — uchrashuv joyida logistika masalalarini hal qilish edi. Jurnal ma'lumotlariga ko‘ra, guruh u yerga yakshanba kuni jo‘nab ketishi kerak edi va ushbu rejalar haligacha o‘z kuchida turibdi.

Trampning xati

Tramp va Kim Jong Inning uchrashuvi 12 iyunga rejalashtirilgan edi, biroq ikki kun muqaddam AQSh prezidenti uni bekor qilgan edi. Shimoliy Koreya yetakchisiga yo‘llagan xatida Tramp Pyongyangning «dushmanona» bayonotlari bois mazkur sammitni o‘tkazmaslikni maqsadga muvofiq deb topganini bayon qilgan.

Bu bayonot bilan agar KXDR o‘z yadroviy dasturidan voz kechmasa, voqealar rivoji Liviya ssenariysi bo‘yicha davom etishini e'tibordan qochirmaslik kerak, deya KXDR va Liviyani tenglagan vitse-prezident Mayk Pens manziliga shimollik koreyslar tomonidan bildirilgan tanqid nazarda tutilgan. Pyongyangdagilar Pensni «siyosiy vaysaqi» deb atab, AQShdagilarni «hech qachon boshidan kechirmagan va xayollariga ham keltirmagan» fojiaga giriftor qilib qo‘yishlari mumkinligidan ogohlantirishgan.

Shu bilan birga Tramp Kim Jong In bilan kelajakda ko‘rishishga tayyor ekanligini bildirgan. Shimoliy Koreya TIV bunga javoban sammitni istalgan vaqtda istalgan joyda o‘tkazishga tayyor ekanliklarini aytishgan.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid