19:26 / 28.05.2018
24513

Ispaniya klubi Aziz G‘aniyevga shartnoma taklif qildi

Foto: pfl.uz

O‘zbekiston terma jamoasi va «Nasaf» klubi yarimhimoyachisi Aziz G‘aniyev Yevropaga ketishi mumkin. 

Unga Ispaniyaning «Tenerife» klubi 4 yillik shartnoma taklif qildi, deb Championat.asia sayti xabar bermoqda. 

Ammo ispanlar G‘aniyevni erkin agent sifatida yoki juda arzon narxga o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Agar futbolchi rozi bo‘lsa, unga hech qanday ko‘riksiz 4 yillik shartnoma taklif etilgan. «Nasaf» esa ayni paytda moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va o‘z yetakchisini 1 million dollardan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

1912 yilda tashkil topgan «Tenerife» klubi ayni paytda Ispaniya Segundasida (La ligadan keyingi liga) ishtirok etmoqda. Jamoani mashhur sobiq futbolchi Xoseba Echeberria boshqarib bormoqda. So‘nggi bor klub 2010 yilda La ligada ishtirok etgan.

Top