Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rafale va Falcone samolyotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya prezidenti Serj Dasso vafot etdi
Foto: AP / Bob Edme
Fransiyalik milliarder Serj Dasso 28 may kuni 94 yoshida yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda BFM TV telekanali ma'lum qildi.
Tadbirkor o‘zining Parijdagi ofisida hayotdan ko‘z yumgan.
Dasso oilasi 1930 yilda tashkil etilgan Dassault Aviation aviakosmik kompaniyasini nazorat qiladi. Serj Dasso otasi o‘limidan keyin 1986 yilda kompaniya prezidentiga aylangan. Uning kompaniyasi harbiy, hududiy va biznes-samolyotlar, jumladan Rafale qiruvchi samolyotlari va Falcone biznes-samolyotlarini ishlab chiqaradi.
Dassault guruhi, shuningdek, Fransiyadagi eng “keksa” gazeta – Le Figaro’ni nazorat qiladi.