Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash muddatidan avval 5 mlrd dollarga yetkazilishi mumkin
O‘zbekiston-Qozog‘iston savdo dinamikasi ikki mamlakatga tovar ayirboshlashni 2020 yilga yetmay 5 milliard dollarga yetkazish imkonini beradi. O‘zbekiston tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
O‘tgan yil uchun tovar ayirboshlash 2 milliard dollardan oshdi, joriy yilning 4 oyida bu ko‘rsatkich 788 million dollarni tashkil qildi (41,6 foizga o‘sdi). Manbada ta'kidlanishicha, O‘zbekiston hukumatining ba'zi import tovarlariga aksizlarning pasaytirilishi savdo hamkorligi faollashishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi.
"Mazkur dinamika saqlab qolinsa, tomonlar yaqin orada o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazishlari va shu tariqa davlat rahbarlari topshiriqlarini 2020 yilga yetmayoq muddatidan avval bajrishlari mumkin", - dedi tashqi savdo vaziri o‘rinbosari S.Saifnazarov.
Ta'kidlash joizki, Ostonada bo‘lib o‘tgan ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya qo‘shma yig‘ilishida tomonlar tovar ayirboshlashni 2018 yilda - 3 milliard dollarga va 2020 yilga borib 5 milliard dollarga yetkazishga kelishib olishgandi.
Mavzuga oid
15:37 / 25.03.2026
John Deere O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
18:39 / 20.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Shahboz Sharif bilan muloqot qildi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
10:47 / 16.03.2026