Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda xorijda ishga joylovchi yangi agentlik faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Foto: Pixabay
Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellarda ishga joylashish tizimini takomillashtirish va tubdan qayta isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasida O‘zbekistonda xorijda ishga joylovchi yangi agentlik faoliyati yo‘lga qo‘yilishi haqida ma'lum qilindi.
Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati samaradorligi oshadi.
Manbada ta'kidlanishicha, Agentlik O‘zbekiston fuqarolariga chet ellarda ularning huquqlarini himoyalashda ko‘mak berishi lozim. Bu esa tegishli tayyorgarlik, adaptatsion chora-tadbirlar o‘tkazish va ishga joylashtirish jarayonlarini samarali boshqarish hamda nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek tashkilot mehnat migratsiyasi loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish va ishchilar mehnat huquqlarini ta'minlashda faol ishtirok etishi kerak.
Hujjat imzolangan taqdirda, Mehnat vazirligida xorijda ishga joylovchi agentlik tashkil qilinadi. Hujjat loyihasiga ko‘ra, chet ellarda xususiy shartnoma bo‘yicha ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari faoliyatini qonuniylashtirish mexanizmini tatbiq qilish taklif qilinmoqda.
Mavzuga oid
15:37 / 25.03.2026
John Deere O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
18:39 / 20.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Shahboz Sharif bilan muloqot qildi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
10:47 / 16.03.2026