Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Samarqandga quriladigan yangi yo‘l haqida gapirdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
«Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga Umarov (Baxtiyor Umarov - tah.) tayinlandi. Men bu odamni bir yarim yildan beri ko‘p sohalarda sinab ko‘rdim. Bilimi bor, sadoqati bor, o‘zini qiynab ishlaydi. Turizm biz uchun lokomotiv soha, turizmga hamma rahbar yordam berishi kerak. Bizda 27 yilda turizm bo‘lmagan. Davlat yopiq bo‘lgan. Davlat yopiq bo‘lsa, qanday qilib turist keladi. Juda katta qarorlarga qo‘l qo‘ydik, lekin bugun zamon o‘zgaryapti, talab soat sayin o‘zgaryapti. Shuning uchun ham Umarovning oldiga juda katta masalalarni qo‘ydim. Bosh vazir ham bunga yordam beradi.
Turizm ertaga bizni boqadi. Mehmonxonalar, infratuzilma qilmasak bo‘lmaydi. Samarqandga yangi yo‘l qurmoqchimiz, ko‘p narsa qilmoqchimiz. Lekin bir yilda bo‘lmaydi. 27 yil qotib qolganmiz, hozir ko‘p joylarga e'lon berdik, ammo mehmon kutadigan sharoitimiz yo‘q, mehmonxona yo‘q. Shuni hamma bilishi kerak», - deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
15:39 / 03.07.2026