Nahangov aybdor emas. «Grin-kard» bo‘yicha firibgarlikka oid jinoyat ishi tugatilgan
2017 yilning 24 avgust sanasida Kun.uz nashrida «Amerika orzusi bilan 550 vatandoshini chuv tushirgan «ishbilarmon» MXX tomonidan qo‘lga olindi» mavzusida xabar berilgan edi.
Xabarda Samarqand viloyati sobiq MXX boshqarmasi va Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorlikda tadbir uyushtirib, ular tomonidan fuqaro Oybek Nahangov 15 million so‘m pul olayotgan vaqtda qo‘lga olingani va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida bayon qilingandi.
Biroq, olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyat IIB tomonidan Oybek Nahangovga nisbatan tergov harakatlari amalga oshirilgan chog‘da uning harakatlarida firibgarlik jinoyati tarkibi aniqlanmagani sababli 2017 yil 18 oktabr kuni jinoyat ishini tugatish haqida qaror qabul qilingan.
Bunga sabab sifatida fuqaro O.Nahangov yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi, rasman ro‘yxatdan o‘tganligi va «Grin-kard» lotereyasi uchun anketa to‘ldirib berish xizmati uchun mijozlar bilan rasman shartnoma imzolaganligi va barcha harakatlarni shu shartnoma asosida olib borgani ko‘rsatilgan.
Ya'ni O.Nahangov mijozlari bilan rasman shartnoma tuzib, «Grin-kard» lotereyasi uchun anketani to‘ldirish uchun eng kam ish haqining yarim baravari miqdorida to‘lov to‘lashini, agar to‘lovni amalga oshirmasa, unda yana yangi shartnoma tuzib EKIHning 100 baravari miqdorida to‘lov to‘lashini belgilab qo‘ygan. Jizzaxlik fuqaro U.Sh. dastlabki to‘lovni amalga oshirmagani uchun u bilan yana yangi shartnoma imzolangan va bu safar shartnomada unga yutuq chiqqanligi sababli kerakli kodni aytish va keyingi hujjatlarni tayyorlash uchun EKIHning 100 baravar miqdorida to‘lovni amalga oshirishi ko‘rsatilgan.
Tergov jarayonida fuqaro U.Sh. haqiqatdan shartnomaga imzo qo‘yganini, dastlabki to‘lovni amalga oshirmaganini, O.Nahangov undan kodni aytish uchun dastlab 15 mln. so‘m so‘raganini, keyinchalik 12 mln. so‘mga kelishganini bildirgan.
U.Sh.ning otasi tergov jarayonida haqiqatdan oilasi bilan «Grin-kard» lotereyasi uchun rasman shartnoma tuzgan holda anketa to‘ldirishganini, o‘zlariga yutuq chiqmasdan, o‘g‘li U.Sh.ga yutuq chiqqanini, xursandchiligidan xizmat ko‘rsatuvchilarga ikki marta 100 AQSh dollaridan «suyunchi puli» berganini, keyinchalik O.Nahangov kodni aytish uchun shartnomada ko‘rsatilgan 15 mln. so‘m to‘lovni amalga oshirishni so‘raganini, so‘ng buncha pul yo‘qligi sababli o‘g‘li tanishlari orqali huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilganini ma'lum qilgan.
Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi mazkur holatlarni o‘rganib chiqib, O.Nahangovning qilmishida firibgarlik jinoyati tarkibi yo‘qligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksi 83-modda 2-qismiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida qaror chiqargan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

16:09 / 28.03.2025
Qarshida soliq inspeksiyasi xodimi pul talab qilib olganida ushlandi

18:37 / 27.03.2025
Shveytsariya elchisi ishga taklif bilan bog‘liq firibgarliklar haqida ogohlantirdi

23:32 / 15.03.2025
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

15:27 / 11.03.2025