O‘zbekiston | 19:08 / 29.05.2018
106003
3 daqiqa o‘qiladi

Prezident hukumat tarkibidagi so‘nggi o‘zgarishni izohladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 

«Eksportni rag‘batlantirish va yengillashtirish bo‘yicha qator hujjatlar qabul qilindi. Albatta, ko‘p hududlar va tarmoqlarda eksport hajmi ko‘paymoqda, desak adolatdan bo‘ladi. Lekin bizning shuncha qilgan choralarimiz bugungi natijaga to‘g‘ri kelmaydi. Biroq, ayrim tarmoq va hududlar rahbarlarining o‘z mas'uliyatini yetarli darajada sezmayotgani natijasida eksportni ko‘paytirish bo‘yicha rezervlar to‘liq ishga solinmayapti. 25 may holatiga - 4 mlrd 576 mln dollarlik eksport amalga oshirildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga ko‘p, lekin bizning hisob-kitoblarimiz bo‘yicha yana 25 foiz yetmayapti. 

Shuni hamma rahbarlar bilishi kerak - tartib-intizom bo‘lmagani uchun bosh vazir o‘rinbosari Akmalovni (O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – Ta'lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari Qahramon Valiyevich Akmalov - tahr.) ishdan olishga majbur bo‘ldim. Nega Akmalov ishdan olindi? Sababi aravani torta olmayapti. Men har safar aytmoqdaman: rahbarlik lavozimi hammaga sinov! Amal degani - bosh vazir o‘rinbosari juda katta mas'uliyatli odam. Lekin bir joyda bir oy yurib, bironta taklif bermasa, quruq majlislar o‘tkazib yuraversa, menga unday odam kerak emas. Shuning uchun men Abduhakimovni (Aziz Abduhakimov - tahr.) eng og‘ir sohalarda bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlashga majbur bo‘ldim. Sababi men Abduhakimovga shaxsan o‘zim ishonaman. To‘g‘ri uning sohasi emas, lekin fidoyiligi, o‘zini qiynashi bilan shu sohani o‘rganadi. Menga soha emas, balki vatanparvarlik, sadoqat kerak», - deya prezidentning so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid