Babchenko «tirildi». Jurnalistning o‘limi sahnalashtirilgan bo‘lib chiqdi

Foto: Reuters
Rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenko tirik, uning «o‘ldirilishi» esa uyushtirilgan edi. Bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
«Ukraina huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan ajoyib operatsiya natijasida Arkadiyning o‘limiga buyurtma olgan killer va qotillik tashkilotchisi ushlandi.
Jinoyatning buyurtmachisi va tashkilotchilari ishini yaxshiroq hujjatlashtirish maqsadida, qo‘lga tushgan killer buyurtmani muvaffaqiyatli bajarganiga ishontirish lozim edi.
Arkadiy Babchenkoning «o‘limi» sahnalashtirilganini juda tor doiradagi odamlar bilgan. Bu maxfiy axborotning tarqalib ketishini oldini olish maqsadida qilingan. Buning uchun, huquq-tartibot idoralari juda katta hajmdagi maxsus axborot operatsiyasini amalga oshirishgan.
Aynan shu maqsadda, Arkadiy Babchenkoni o‘ldirgan va go‘yo Kavkaz millatiga mansub bo‘lgan shaxsning fotoroboti tuzilgan va chop etilgan edi. Vaziyatning haqqoniy ekani bo‘yicha tasavvur uyg‘otish maqsadida, Arkadiyning o‘limi haqida Milliy Politsiya vakillari rasmiy bayonot berishdi. Jurnalistning o‘limi haqidagi xabar dunyoning minglab qalblarini qayg‘uga solishi ma'lum bo‘lsa-da, politsiyaning boshqa iloji yo‘q edi.
Killerdan to buyurtmachilar va tashkilotchilargacha bo‘lgan zanjirni topib olish va voqealarni hujjatlashtirish maqsadida, ularda buyurtmaning muvaffaqiyatli bajarilganiga to‘liq ishonch hosil qilish va tergov tomonidan hujjatlashtiriladigan amallarni sodir qilishga majburlash lozim edi» - dedi Ukraina IIB rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenko.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaqin Sharqdagi vaziyat munosabati bilan eksportchilarga favqulodda yordam mexanizmi joriy qilindi
Iqtisodiyot | 14:39
-
Ohangaron shohko‘chasida transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi
Jamiyat | 14:38
-
Tog‘li va cho‘l hududlarda turizm subsidiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanadi
O‘zbekiston | 14:35
-
“Eng namunali yashil turizm obekti” tanlovi o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 14:35
Mavzuga oid

09:31 / 01.06.2018
Babchenkoga suiqasd tashkilotchisi razvedka bilan bog‘liq ekani rad etildi

08:07 / 01.06.2018
«Aksilrazvedkaga ishlaganman». Babchenko ishi bo‘yicha gumonlanuvchi bayonot berdi

18:08 / 31.05.2018
Babchenkoning o‘ldirilishi nima uchun sahnalashtirilgani ma'lum bo‘ldi

17:43 / 31.05.2018