Toshkentda yashovchi xotin-qizlar OVIR stikerlarini maxsus suhbatsiz olishlari mumkin
Toshkent shahrining 18-35 yosh oraliqdagi xotin-qizlari xorijga chiqish stikerlarini ortiqcha ma'lumotnomalar va mashmashalarsiz, boshqalar singari olishlari mumkin bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i v.b. podpolkovnik Qudrat Yo‘ldoshevning bildirishicha, O‘zbekiston IIV o‘rinbosari, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev 2018 yil 25 may kuni Toshkent shahrida doimiy istiqomat qiluvchi 18-35 yosh oralig‘idagi ayollarni xorijga chiqish stikerini olishlaridan avval profilaktik suhbatdan o‘tkazish amaliyotini bekor qilishga doir buyruqni imzolagan.
Yo‘ldoshevning aytishicha, xorijiy mamlakatlarga bormoqchi bo‘lgan va maxsus stikerni olish uchun hujjatlarini topshirgan toshkentlik qizlar va ayollarni maxsus suhbatdan o‘tkazish 2011 yildan buyon amalda bo‘lib kelgan.
“Bunday keskin choralar ko‘rilishiga odam savdosi va fohishalikka qarshi kurashish istagi asos bo‘lgan. Ammo bugungi kunda shaharda qo‘shimcha bo‘limlar tashkil etildi. Shu bois, ayol-qizlarimiz stiker uchun aariza topshirganida turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasining roziligi bildirilgan ma'lumotnomalarni ham taqdim etishmaydi. Mabodo, topshirilgan hujjatlarda biror ma'lumot shubha uyg‘otsa, unga aniqlik kiritish borasida zaruriy choralar hududlarda tashkil etilgan shahar ichki ishlar bo‘limlari xodimlari tomonidan aniqlanadi. Qolaversa, ushbu buyruq bilan mahalladan ma'lumotnoma va tibbiy ma'lumotnomalar taqdim etish amaliyotiga ham chek qo‘yiladi”, - dedi Qudrat Yo‘ldoshev.
Uning KUN.UZ muxbiri bilan suhbatda ma'lum qilishicha, bunday o‘zgarishlarning barchasi davlat rahbari tomonidan fuqarolarga turli sohalardaa yengilliklar berish, qog‘ozbozliklarga barham berish bo‘yicha bildirayotgan ko‘rsatma va g‘oyalarining amaliy ifodasidir.
Ta'kidlash o‘rinliki, 2019 yil 1 yanvaridan boshlab, O‘zbekistonda 2 yillik xorijga chiqish stikerlari o‘rniga 10 yil muddatga xorijiy pasportni berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024