Mahallalar uyuşmasining Toşkent şahar boşqarmasi boşliği, poytaxt hokimining sobiq örinbosari Furqat Mahmudxöjayev şahar ekologiyasi buzilayotganidan şikoyat qildi. U Facebook'dagi sahifasiga joylagan videoda issiqxonalar sabab mahalliy aholi havo ifloslanişidan aziyat çekayotganini aytgan.
“Umuman, “betonka” yaqinidagi barça mahallalar harorat tuşişi bilan öşa muammodan aziyat çekmoqda. Odamlar issiqxonalarda turli narsalarni yoqişyapti, ekologiya buzilyapti. Eng muhimi, odamlarning salomatligiga juda negativ ta’sir qilyapti.
Agar şamol kuçli böladigan bölsa, u [iflos havo] hammamizgaça keladi. Hozir “betonka” atrofidagilar aziyat çekyapti. Bu juda qayğuli. Bolalar, qariyalar, turli kasalliklarga çalingan odamlar şu havodan nafas olişadi. Bu bilan nimadir qiliş kerak. Buning oldini olişda barça taşkilotlar iştirok etişi kerak. Uning boşida, albatta, Toşkent şahar hokimiyati turişi kerak. Döstlar, sizlardan qattiq sörayman, bu masalani öz holiça qoldirmanglar, masalani doimiy kötaringlar. Amaliy jihatdan bu muammoga yeçim bölmas ekan, biz töxtamasligimiz kerak. Hammamiz birgalikda albatta bu masalani hal qilamiz”, – degan u.
Toşkent şahar hokimligi Mahmudxöjayevning murojaatiga munosabat bildirdi.
“Iqtisodiy faoliyatning kengayişi va tadbirkorlikning rivojlanişi Toşkent şahrida hamda Toşkent viloyati tumanlarida joylaşgan issiqxona xöjaliklariga ham ta’sir körsatdi. Bu havo sifatining yomonlaşuviga, ekologik muvozanatning buzilişiga olib kelmoqda va şahar aholisining soğliğiga salbiy ta’sir körsatmoqda.
Korxonalarning isitiş uskunalarida tegişli energiya manbalaridan, xususan, qattiq yoqilğidan foydalanişini tekşiriş maqsadida ekologik reyd ötkazilmoqda.
Ekologiya boşqarmasi, kadastr xizmati, FVV, IIBB, Özgidromet, Soliq qömitasi va hokimiyat xodimlaridan iborat işçi guruh tuzilgan. Guruh obektlarga çiqib, maxsus uskunalar yordamida ekologik me’yorlarning buzilişini qayd etib bormoqda.
Aniqlangan qoidabuzarliklar böyiça, mavjud vaziyatni özgartiriş uçun qat’iy çoralar körilmoqda”, – deyiladi hokimlik bayonotida.
Ta’kidlaniiça, kömir qozonlaridan foydalanayotgan obektlarda kulning oğir va yengil zarraçalarini uşlab qoluvçi filtrlarni örnatiş majburiy deb belgilangan. Öziga xos hid va havo rangini özgartiradigan boşqa materiallardan, masalan, şinalar yoki yoqilği moyi (peç yoqilğisi)dan foydalanadigan korxonalarga mavjud uskunalarni filtrlar örnatilgan holda kömirga almaştiriş talabi qöyilgan. Aks holda, bunday korxonalar oğir ekologik vaziyat yuzaga kelgan yillarda öz faoliyatini vaqtinça töxtatib turişga majbur böladi.

















