O‘zbekiston | 19:15 / 01.06.2018
14091
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Chilonzordagi mahallada faollar bilan muloqot qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi Tirsakobod mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Bu mahallada 9 ko‘p qavatli va 864 hovli uylar joylashgan. 5 ming 200dan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Davlat rahbarining 2017 yil 3 fevraldagi «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq mazkur mahallada ham yo‘llar va uy-joylar ta'mirlanib, ijtimoiy obektlar barpo etilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev mahalla hayoti bilan tanishdi, faollar bilan muloqot qildi.

Mamlakatning barcha shaharlarida zamonaviy mahalla markazlari bunyod etish, aholi tinchligi va farovonligini ta'minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid