Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
100 foiz pensiya oluvchi xodimlar: IIV litseylari o‘qituvchilari ro‘yxatga qo‘shildi
Prezidentning 1.06.2018 yildagi PF–5454-son farmoni bilan prezidentning 17.02.2017 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–4960-son farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Norma’ning yozishicha, 1.06.2018 yildan boshlab IIV akademik litseylarining soha fanlari o‘qituvchilari sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan ichki ishlar organlari xodimlari sirasidan bo‘lgan pensionerlarga pensiya to‘liq miqdorda to‘lanadi.
Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlariga to‘liq pensiya to‘lanishi bilan bog‘liq boshqa holatlarda bo‘lgani singari, faqat ko‘rsatilgan faoliyat pensionerning yagona ish joyi hisoblansa, unga 100 foiz pensiya to‘lanadi.
Hujjat 1.06.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
17:29 / 09.07.2026
Haydovchilar pasport yo guvohnoma ko‘tarib yurish majburiyatidan qachon xalos bo‘ladi?
14:18 / 08.07.2026
Toshkentda yirik kiberjinoyatchilar guruhi qo‘lga olindi
15:20 / 19.06.2026
Samarqandda maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. U sinf rahbari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
22:49 / 30.05.2026