Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muxlislar jahon chempionatlarining eng yaxshi futbolchisini tanlashdi
Urugvay terma jamoasining sobiq hujumchisi Alsides Edgardo Gija butun dunyodan muxlislar talqiniga ko‘ra jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu haqda FIFA ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, eng yaxshi futbolchi uchun ovoz berishda 578024 kishi ishtirok etgan.
Gija 1950 yilda Urugvay terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan. U “Marakana” stadionida o‘tgan final uchrashuvida Braziliya darvozasiga ikkinchi golni urgan. O‘yin esa urugvayliklar foydasiga 2:1 hisobida yakunlangan.
Shuningdek, Gija Italiya terma jamoasi safida, Urugvayning “Penyarol” va “Danubio” hamda Italiyaning “Roma” va “Milan” klublarida to‘p surgan.
Gija 2015 yilda 88 yoshida vafot etgan.
Mavzuga oid
22:43 / 08.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari jahon chempionatida Irlandiyaga yutqazdi
19:41 / 13.10.2025
O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Urugvayga yutqazdi
18:58 / 12.10.2025
Fabio Kannavaro: Biz raqibdan qo‘rqmaymiz va o‘z o‘yinimizni ko‘rsatmoqchimiz
08:03 / 11.10.2025