Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada yangi turdagi piyodalar o‘tish joyi paydo bo‘ladi
Rossiyada yangi turdagi piyodalar o‘tish joyini tatbiq qilish rejalashtirilmoqda – ular yerdan biroz ko‘tarilgan holda bo‘ladi. Bunday o‘tish joylarini uylarning pod'yezdlari va bolalar maydonchalari oldida yaratish tavsiya qilinmoqda.
“Konstruktsiya o‘zidan sun'iy do‘nglikni aks ettirib, uning tepa qismiga “zebra” tushiriladi. O‘tish joyi yerdan 10 sm ko‘tarilgan bo‘ladi. Bu haydovchilarni o‘tish joyi oldida to‘xtashga majbur qiladi”, deb ma'lum qildi Rosstandart huzuridagi “Udobnaya doroga” loyiha-texnik qo‘mita rahbari Aleksandr Shumskiy.
Shuningdek, imkoni bor joylarda polosa enini 3 metrgacha toraytirish rejalashtirilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bunda bir mashina ikkinchisini quvib o‘ta olmaydi va avariyalar ehtimoli kamayadi.