O‘zbekiston | 21:26 / 04.06.2018
14486
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev ShHT sammiti doirasida qator davlatlar rahbarlari bilan uchrashishi kutilmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati

9 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti maydonida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Prezident shuningdek XXR, Hindiston va Tojikiston davlat rahbarlari bilan uchrashishi kutilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ShHT sammiti 9-10 iyun kunlari Xitoyning Tsindao shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ta'kidlash joizki, ShHT 2001 yilda Shanxayda asos solingan doimiy faoliyat yurituvchi hukumatlararo xalqaro tashkilot hisoblanadi. 

Hozirda ShHTga a'zo mamlakatlar - O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston.

Shuningdek Afg‘oniston, Eron va Mo‘g‘uliston ShHT qoshidagi kuzatuvchi davlatlar maqomiga ega. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid