Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki O‘zbekistonga uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda yordam beradi
«Tarakkiyot strategiyasi markazi» markazida Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk boshchiligidagi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasi doirasidagi islohotlar, jumladan, iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirishning ustuvor yo‘nalishidagi ijobiy o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.
Jahon banki ekspertlari xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish orqali ushbu islohotlarni amalga oshirish muhimligini ta'kidladilar. Shu munosabat bilan ular «Tarakkiyot strategiyasi markazi» bilan hamkorlikda O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi uzoq muddatli modelini ishlab chiqishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi. Ta'kidlanganidek, Jahon banki uzoq muddatli rivojlanish modelini ishlab chiqishda ijobiy tajribaga ega.
O‘z navbatida, SRM direktori A.Burhonov mehmonlarga 2035 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining uzoq muddatli rivojlanish modelini ishlab chiqish bo‘yicha tashabbus haqida ma'lumot berdi.
Mavzuga oid
10:35 / 10.07.2026
Jahon banki O‘zbekiston uchun eng istiqbolli uch sohani sanadi
21:16 / 29.06.2026
Jahon banki bilan uzoq muddatli Mamlakat dasturi ishlab chiqiladi
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
11:44 / 23.04.2026