Iqtisodiyot | 19:31 / 06.06.2018
17549
1 daqiqa o‘qiladi

Moliya vazirligi tizimida 100dan ortiq xodim o‘zgardi

Joriy yil davomida O‘zbekiston respublikasi Moliya vazirligi tizimida boshqaruv lavozimlariga kadrlar tayyorlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Vazirlik matbuot xizmati xabar berishicha, Moliya vazirligi tizimida yuqori kasb mahoratiga ega, samarali mehnat qilib kelayotgan, zamonaviy fikrlash va nostandart holatlarda tezkor qarorlar qabul qila olish xislatlariga ega moliya idoralari xodimlari orasidan rahbarlik lavozimlariga amaliy kadrlar zaxirasi shakllantirildi.

yilning o‘tgan davri mobaynida rahbarlik lavozimlariga 93 yangi tayinlov amalga oshirilgan, shundan 54 tayinlov moliya organlarida, 28 tayinlov g‘aznachilik bo‘limlarida va 11 tayinlov davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmalarida amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, aprel-may oylarida viloyat darajasida moliya boshqarmalariga 6 nafar, tuman va shahar moliya boshqarmalariga 22 nafar yangi rahbar tayinlangan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid