Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yirik hibsga olishlardan so‘ng. Atamboyev siyosiy bayonot berdi
Foto: Sputnik
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev sukutni buzdi va bugun siyosiy bayonot berdi. Bu haqda 24.kg xabar qilmoqda.
«Mamlakat sobiq bosh vaziri, QSDP raisi o‘rinbosari Sapar Isoqov va Davlat bojxona xizmati sobiq raisi Kubanichbek Kulmatovning qo‘lga olinishi - bu korrupsiya bilan kurash emas. Korrupsiya bilan kurashgan odamlarning aynan o‘zi korrupsiyada ayblanib hibsga olindi. Sapar Isoqov hukumati joriy yilning 4 oyi davomida 5 mlrd so‘mlik byudjyet profitsitini ta'minladi. Bu mustaqil Qirg‘iziston tarixida ilk bor kuzatildi», - deyiladi matnda.
«Davlat arboblarini hibsga olish haqidagi qaror - bu do‘stlarning qasosi. Bu holat Raim-millionga aloqador bo‘lishi mumkin, uning ishdan bo‘shatilganidan so‘ng ijobiy vaziyat kuzatildi hamda bojxona to‘lovlari keskin ortdi», - deydi Atamboyev.
Shuningdek, uning fikricha, QSDP boshqa a'zolari, jumladan Jalolobod sobiq hokimi Salaydin Avazov va Jogorku Kenesh deputati Osmonbek Ortiqbayevning jinoiy ta'qib etilishiga ham siyosiy sabab bordir.
Atamboyevning so‘zlariga ko‘ra, javobgarlikka Sapar Isoqovni emas, balki IESning eski qismida avariya yuz berishiga hamda Bishkek aholisining sovuqda o‘tirishiga sababchi bo‘lganlarni tortish kerak.
«Ba'zi shaxslar prezident Sooronbay Jeenbekovni xavfli yo‘lga boshlamoqda. Men uni bu haqda ogohlantirgandim. Qirg‘iziston xalqi baribir bu jinoiy ishlarni qo‘zg‘atishga nima sabab bo‘lganini bilib oladi va bu jarayonning barcha ishtirokchilariga baho beradi», - degan Atamboyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda Sapar Isoqov qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:56 / 25.03.2026
Qirg‘izistonda yo‘lda janjallashganlardan haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilishi mumkin
19:21 / 21.03.2026
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lini 2030 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda
20:33 / 13.03.2026
Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi navbatdagi jangini Bishkekda o‘tkazadi
09:53 / 11.03.2026