Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘FA terma jamoaning FIFA reytingida tobora pastlab borayotganida avvalgi rahbariyatni aybladi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoaning FIFA reytingida pastlab, 95-o‘ringa tushib ketgani, hatto Qirg‘iziston va Livandan ham orqada qolganiga izoh berdi.
«FIFA reytingi nisbiy ko‘rsatkichdan boshqa narsa emas. O‘zbekiston termasining ayni vaqtda 95-o‘rinda turgani, uning o‘zidan oldinda turgan jamoalardan kuchsizligini bildirmaydi», deb yozadi O‘FA sayti.
«O‘zbekiston milliy termasi 2017 yilning 5 sentabr sanasidan buyon rasmiy musobaqadagi o‘yinda ishtirok etgani yo‘q. Undan oldinga o‘tib olgan termalar esa Osiyo Kubogi uchun saralashni davom ettirishga majbur bo‘lgandi. O‘sha o‘yinlarda qo‘lga kiritilgan ochkolargina ayni paytdagi reytingga sabab bo‘ldi».
«O‘FA o‘z prinsiplaridan chekinmaydi va o‘rtoqlik o‘yinlarini sifatli tashkil qilish uchun harakatni davom ettiradi. Ya'ni, kuchsizroq raqiblarni yengib, jadvalda ko‘tarilib olish haqida o‘ylamaydi. 2019 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi esa hamma masalaga oydinlik kiritib beradi».
«Osiyo Kubogiga qur'a tashlanishida FIFA reytingi inobatga olinmadi. JCh—2022 saralashiga qur'a esa Osiyo Kubogidan keyin bo‘lib o‘tadi. Qit'a chempionatidagi natija O‘zbekiston termasini reytingda yuqoriga olib chiqishi mumkin».
Tashkilot fikriga ko‘ra, reytingdagi sho‘ng‘ish - avvalgi rahbariyatning aybidir.
«Ma'lumot uchun, O‘FA rahbariyatida o‘zgarish yuz berganidan keyin O‘zbekiston termasi birorta ham rasmiy o‘yinda ishtirok etganicha yo‘q. FIFA reytingi so‘nggi 4 yillik natijalaridan kelib chiqib tuziladi. Demak, ayni vaqtdagi holat uchun javobgarlik kimlarning zimmasida ekani barchaga ma'lum» - deyiladi O‘FA sayti xabarida.
Mavzuga oid
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
02:23 / 09.06.2026
O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, Niderlandiyaga mag‘lub bo‘ldi
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
22:26 / 03.06.2026