Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Tsindao shahrida o‘tadigan o‘n sakkizinchi majlisida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
ShHTga a'zo davlatlar rahbarlari ilk bor Hindiston va Pokistonning to‘la huquqli a'zo sifatidagi ishtirokida yig‘iladilar, tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalari hamda ko‘p tomonlama kooperatsiyaning boshqa jihatlarini muhokama qiladilar.
Davlat rahbarlarining majlisi yakunida Tsindao deklaratsiyasi qabul qilinishi, Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi, Yoshlarga qo‘shma murojaat va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Fikr almashuvlardan so‘ng 2018-2019 yillarda tashkilotga raislik qiladigan davlat to‘g‘risida qaror qabul qilish, keyingi uch yillik davrga ShHT bosh kotibi va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlash ko‘zda tutilmoqda.
Davlat rahbari ShHT sammiti doirasida ikki tomonlama qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.
Mavzuga oid
13:52 / 15.01.2026
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026