Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Panamaning sobiq prezidentini yurtiga ekstraditsiya qiladi
AQSh davlat departamenti Panamaga bu mamlakatning sobiq prezidenti Rikardo Martinellini ekstraditsiya qilishni ma'qulladi. Bu haqda uning advokati Sidney Sitton ma'lum qildi.
Sittonning ta'kidlashicha, Martinellini Panama sud idoralariga topshirish haqidagi hujjat davlat departamenti tomonidan imzolangan.
2017 yil sentabrdayoq Mayami sudi Martinellini AQShga ekstraditsiya qilishga ruxsat bergandi. Martinelli o‘z yurtida siyosiy josuslik va korrupsiyada ayblanmoqda. U 2017 yil may oyida Interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berilib, iyunda AQSh hududida qo‘lga olingan.
Panamaga 2009-2014 yillar davomida rahbarlik qilgan Martinelli korrupsiya, muxolifat, safdoshlari va fuqarolar ortidan kuzatishga aloqadorlikda ayblanmoqda. U, shuningdek, Panama vizalarining noqonuniy savdosida gumon qilinmoqda. U sheriklari bilan bu yo‘l orqali 100 mln dollargacha foyda olgan bo‘lishi mumkin. Jami ayblovlar bo‘yicha unga 21 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
21:33 / 09.06.2026