Sport | 19:11 / 09.06.2018
38803
2 daqiqa o‘qiladi

Muhammad Saloh Serxio Ramosni yolg‘onchilikda aybladi

Foto: Getty Images

«Liverpul» klubi va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh «Real» sardori Serxio Ramosning so‘zlariga izoh berdi.

Eslatib o‘tamiz, misrlik futbolchi Chempionlar Ligasi finalidan o‘rin olgan «Real» - «Liverpul» (3:1) o‘yinida, Ramos bilan kurashdan so‘ng, jarohat olgan edi. Keyinchalik, ispaniyalik Saloh birinchi bo‘lib uning qo‘lini ushlab olganini aytgandi.

«Ramosning izohi? Bu kulgili. Oldin seni yig‘lashga majbur qilgan inson keyinchalik kuldirmoqda, bu har doim yoqimli. Balki u menga jahon chempionatiga qadar sog‘ayib ketamanmi yoki yo‘qmi, shu haqda aytib berar? U menga xabar yozdi, biroq, unga hammasi joyida deb hech qachon aytmaganman. 

Bu holatda qoida buzilganmidi? Bilmayman. Yerga yiqilganimda jismoniy og‘riq va xavotirlar to‘lqini ostida qoldim. Chempionlar Ligasi finalini tugatolmaganimdan jahlim chiqdi va chuqur afsuslandim.

Ammo, hozir ahvolim yaxshi. Umid qilamanki, Urugvayga qarshi ilk o‘yinda maydonga tushaman. Hammasi bahsdan oldingi ahvolimga bog‘liq bo‘ladi» - deb Saloh so‘zlarini keltirmoqda Mirror.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid