Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Axlatxonaga tashlangan tuxumlardan jo‘jalar ochildi (video)
Gruziyaning Marneuli (mamlakat sharqida) shahrida axlatxonaga tashlangan tuxumlardan yuzlab jo‘jalar ochildi. Voqea aks etgan video mahalliy aholi tomonidan Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylandi.
Marneuli meri Timur Abazov bu hodisani noodatiy deb baholab, jo‘jalar axlatxonadan shahar markazigacha yetib borishgani va mahalliy aholining ba'zi vakillari ularni o‘zlariga olishganini ma'lum qildi.
"Menga ma'lum qilinishicha, parrandachilik fabrikasida tuxumlar sifati buzilgan deb hisoblanib, axlatxonaga tashlangan. U yerda esa ulardan ko‘p jo‘jalar ochilishi uchun qulay shart-sharoit bo‘lgan. Mahalliy aholining ayrim vakillari ularni boqish uchun olib qolishgan", - deydi mer o‘z bayonotida.
Mavzuga oid
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
23:10 / 26.10.2024
Gruziyada parlament saylovlari yakunlandi. Hukmron partiya va muxolifat o‘z g‘alabasini e’lon qildi
21:11 / 21.10.2024
«GRU» va «FSB» hakerlari Gruziya hukumati hamda kompaniyalarini kuzatib kelgan - Bloomberg
22:42 / 07.10.2024