21:26 / 10.06.2018
14151

Braziliya yirik hisobda g‘alaba qozondi

Braziliya 2018 yilgi jahon chempionati arafasida Avstriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Venadagi «Ernst Xappel» stadionida kechgan uchrashuv janubiy amerikaliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘oliblar safida gollarga Gabriel Jyezus, Neymar va Filippe Koutino mualliflik qilishdi. Shu tariqa, Avstriya termasi 7 g‘alabadan iborat seriyasini yakunladi va 2016 yil noyabridan buyon ilk marta o‘z maydonida yutqazdi.

JCh-2018 guruh bosqichida Braziliya termasi Shveytsariya (17 iyun kuni, Rostov-na-Don) termasiga qarshi ilk o‘yinda maydonga tushadi. Keyinroq Tite shogirdlarini Kosta-Rika (22 iyun kuni, Sankt-Peterburg) va Serbiya (27 iyun kuni, Moskva) terma jamoalariga qarshi o‘yinlar kutib turibdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Avstriya – Braziliya 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 36 Gabriel Jyezus, 0:2 – 63 Neymar, 0:3 – 69 Koutino.
Avstriya – Lindner, Predl, Xinteregger, Alaba, Dragovich (Danzo, 70), Shopf (Xirlender, 58), Baumgartlinger, Shlager (Burgshtaller, 58), Grillich (Jul, 66), Arnautovich, Layner.
Braziliya – Alisson, Tiago Silva (Markinos, 60), Marselo (Filipe Luis, 67), Danilo, Miranda, Kazemiro (Fernandino, 61), Paulino, Koutino (Tayson, 76), Villian, Gabriel Jyezus (Firmino, 67), Neymar (Duglas Kosta, 84).
Ogohlantirishlar: Shopf (38), Predl (54), Neymar (63).

Mavzuga oid
Top