«Toshkent Markaziy Osiyoning eng go‘zal shahriga aylanadi» - hokim
Bugun, 12 iyun kuni Toshkent shahri hokimiyati binosida tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari va shahar hokimiyati vakillari ishtirokida «Toshkent – O‘rta Osiyoda eng yetakchi, tinch, go‘zal shaharga aylanadi» mazmunida anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirok etdi.
«Hozirgi qilinayotgan islohotlarning so‘nggi bosqichi xalqning ko‘ziga qaraganda yuzimizni olib qochmaslikdir. Yuziga qarab, do‘stona muhitda gaplasha olishimizdadir. Xalq va davlat bir-birini hurmat qilishi oxirgi nuqtamiz. «Rahmat, mana bu muammoni hokimiyat hal qildi», degan so‘zni doim eshitmaguncha shunday ishlaymiz.
Hozirgi kunda deyarli barcha tashkilotlar xalqning ko‘ziga qaray olmaydi. Afsuski, ko‘p yillar xalq bilan muloqotda xiyonat qilib qo‘yganmiz. Ular boshqa yerda, hokimiyat boshqa yerda bo‘ldi. Ikki yildan beri prezident shu muammolarni yechish ustida dam olmay ishlayotganini endi tushunib yetdim» – deya hokimning so‘zlarini keltiradi tadbirda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri.
«Tadbirkorlarga mulk ochiq tanlov asosida beriladi. Bundan keyin hech kimning amakisi, tog‘asi yoki pochchasi bu masalada imtiyozlarga ega bo‘lmaydi», – deya va’da bergan Toshkent shahri hokimi.
Toshkent shahri hokimligi huzurida tuzilgan Jamoatchilik kengashiga rahbari, yetakchi tadbirkor Hikmat Abdurahmonov ham ushbu uchrashuvda qatnashib, shu sohadagi muammolar hamda ularning yechimlari haqida fikr bildirdi.
Tadbirda tadbirkorlar va shahar hokimiyati bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalasi hamda poytaxtni Markaziy Osiyoda eng go‘zal shaharga aylantirish borasida kutilayotgan rejalar muhokama qilindi.
Tadbir so‘ngida shu yilning 12 iyul kuni Toshkentning Botanika bog‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan «Top-500» forumi haqida ma’lumot berildi. Forumda akkreditatsiyadan o‘tgan taniqli tadbirkorlar, elchilar, elchixonalarning savdo maslahatchilari va boshqalar qatnashishi kutilmoqda. Forum Toshkent shahrini rivojlantirishga qaratilgan katta tadbirga aylanishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskva davlat universitetining Toshkent filialida 2025/26 o‘quv yili uchun qabul boshlandi
Jamiyat | 19:00
-
Mutaxassislar Apple, Google va Telegram'ning 16 milliard paroli sizib chiqqani haqida xabar berdi
Jahon | 18:59
-
Transport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojiga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi
O‘zbekiston | 18:29
-
Prezident Yakkabog‘dagi «Yangi O‘zbekiston» massivini ko‘zdan kechirdi
O‘zbekiston | 18:17
Mavzuga oid

17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida

12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi

20:36 / 02.03.2024
«Pulni o‘zi sizni quvsin». Jahongir Ortiqxo‘jayev Superliga startidan oldin «Paxtakor» jamoasi bilan uchrashdi

17:29 / 08.02.2024