Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Yunayted» dunyoning eng qimmat klubi deb tan olindi
Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi qatorasiga ikkinchi yil dunyoning eng qimmat klubi deb tan olindi.
Forbes nashri hisob-kitobiga ko‘ra, «Manchester Yunayted» narxi o‘tgan yilga nisbatan 12% oshib, $4,123 milliardni tashkil qilgan. Reytingda ikkinchi o‘rinni «Real» ($ 4,088 mlrd, +14%) egallab turibdi, uchinchi o‘rinda «Barselona» ($ 4,064 mlrd, +12%) bormoqda.
Eng qimmat klublar o‘nligiga «Bavariya» ($ 3,063 mlrd, +13%), «Manchester Siti» ($ 2,474 mlrd, +19%), «Arsenal» ($ 2,474 mlrd, +19%), «Chelsi» ($ 2,062 mlrd, +12%), «Liverpul» ($ 1,944 mlrd, +30%), «Yuventus» ($ 1,472 mlrd, +17%), va «Tottenhem» ($ 1,237 mlrd, +17%) ham kirgan.
20talik ro‘yxatdan Angliyaning 8ta, Italiyaning 5ta, Germaniya va Ispaniyaning 3ta, Fransiyaning 1ta klubi joy olgan.
Mavzuga oid
19:05 / 29.05.2026
«Real» sovrinsiz mavsumda dunyoning eng qimmat klubi deb topildi
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
13:31 / 04.05.2026