O‘zbekiston | 19:58 / 13.06.2018
71767
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga borishi rasman tasdiqlandi

Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha jahon chempionati ochilish marosimida ishtirok etadi. Bu ma'lumot prezidentning matbuot kotibi Komil Allamjonov tomonidan rasman tasdiqlangan.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 2018 yil 14 iyun kuni Moskva shahriga tashrif buyuradi», deya yozgan u feysbukdagi sahifasida.

Bundan oldinroq Rossiya nashrlari chempionatning ochilish marosimiga KXDR Oliy xalq majlisi prezidiumi raisi Kim Yon Nam, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus - Aleksandr Lukashenko, Boliviya - Evo Morales, Qozog‘iston - Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston - Sooronbay Jeenbekov, Panama - Xuan Karlos Varela, Tojikiston - Imomali Rahmon, Paragvay - Orasio Kartes, Ruanda - Pol Kagame, Armaniston bosh vaziri - Nikol Pashinyan, Livan - Saad Haririylar qatorida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham kelishi haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid