Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navalniy 30 kunlik hibsdan keyin ozodlikka chiqdi
Foto: Dmitriy Serebryakov
Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy tergov izolyatorida 30 kun hibsda ushlab turilgandan keyin ozodlikka chiqdi.
15 may kuni Moskvaning Tver sudi Navalniyni 5 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarshi “U bizga podshoh emas” deb nomlangan aksiya o‘tkazilishi sababli namoyishlarni o‘tkazish qoidalarini takroran buzgani uchun hibsga olgandi. Shuningdek, sud uni politsiya xodimlariga bo‘ysunmaslikda aybdor deb topgandi. Bu ikkala qonunbuzarlik uchun Navalniyga 15 sutkadan jami 30 sutkaga hibsga olish jazosi qo‘llangan.
5 may kunidagi aksiya Rossiyaning 100 ga yaqin shahrida bo‘lib o‘tgan va uning davomida 1500 dan ko‘proq odam ushlangan. Navalniy Moskvadagi Pushkin maydonida ushlangan.
Mavzuga oid
21:00 / 13.01.2026
Erondagi namoyishlar: qurbonlar soni minglab bo‘lishi mumkin
09:53 / 13.01.2026
Eron TIV namoyishlar haqidagi bayonotlar sabab yevropalik elchilarni chaqirtirdi
08:43 / 12.01.2026
Guterrish Eronda namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatilishini keskin qoraladi
15:11 / 10.01.2026