Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:46 / 16.06.2018
24377
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘oniston IIV rahbari «Tolibon» a'zolari bilan uchrashdi
Foto: khaama.com
Afg‘oniston ichki ishlar vaziri Vois Ahmad Barmoq «Tolibon» guruhi a'zolari bilan uchrashdi. Bu haqda Khaama Press agentligi xabar bermoqda.
Uchrashuv Ramazon hayiti munosabati bilan e'lon qilingan vaqtinchalik sulh fonida bo‘lib o‘tdi. Vazirlikning o‘zi bu haqdagi xabarlarga hozircha izoh bermadi. Biroq, hisobotlarda ko‘rsatilishicha, Barmoq toliblar bilan Kobuldagi ko‘chalardan birida uchrashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda pokistonlik toliblar yetakchisi o‘ldirilgani xabar qilingandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish