Jahon | 19:10 / 16.06.2018
11706
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Makrondan Rossiyaga bosimni kuchaytirishni so‘radi

Foto: Wikimedia Commons

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko va Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron o‘zaro telefon muloqoti o‘tkazdi. Bu haqda Ukraina rahbari ma'muriyati matbuot xizmati xabar bergan.

Ta'kidlanishicha, har ikki yetakchi Donbassdagi vaziyatni muhokama qilib, mintaqaga BMT tinchlikparvarlik missiyasini kiritish kerakligiga e'tibor qaratishgan. Poroshenko Makronni Rossiyaga, ushbu davlatda sudlangan ukrainaliklar, xususan Oleg Sentsov va Roman Sushchenkoni ozod etish maqsadida bosimni kuchaytirishga chaqirdi.

«Fransiya prezidenti Ukraina rahbarini islohotlardagi ijobiy o‘zgarishlar hamda «Korrupsiyaga qarshi oliy sud to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi bilan tabrikladi. Suhbatdoshlar Ukraina - YeI va Ukraina - NATO sammitlariga tayyorgarlikni ham muhokama qilishgan, ular Bryusselda iyul oyida bo‘lib o‘tadi», - deyiladi xabarda.

Shuningdek, Poroshenko Makronni Ukrainaga taklif qilgan. Fransiya prezidenti bu taklifni qabul qilgani yoki qilmaganiga aniqlik kiritilmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik general Rossiya hammasini qaytarishi haqida ma'lum qilgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid