JCh-2018. Peru penaltini ko‘kka sovurib, Daniyaga yutqazdi

S guruhida Peru va Daniya terma jamoalari bellashdi. Muxlislar hujumkor va qiziqarli o‘yin guvohi bo‘lishdi. O‘yinda janubiy amerikalar biroz tashabbusga ega bo‘lib, ko‘proq vaziyatlarni yaratdilar.
Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida bosh hakam takroriy videolavhani tomosha qilganidan so‘ng, Daniya darvozasiga penalti belgiladi. Ammo Kueva uni aniq amalga oshirolmadi.
Ikkinchi bo‘limda ham Peru ustunligi sezilib turdi. Biroq, Daniya qarshi hujumlarning biridan unumli foydalanib qoldi. 59-daqiqada Poulsen darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, uni dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Peruliklar o‘yin oxiriga qadar hisobni tenglashtirish uchun bir necha vaziyatlarga ega bo‘lishdi, ammo Daniya g‘alabani saqlab qoldi.
JCh-2018, S guruhi
Peru – Daniya 0:1
16 iyun, Saransk, «Mordoviya Arena»
Gol: 0:1 – 59 Poulsen.
Peru – Galese, Rodriges, Trauko, Advinkula, Ramos, Flores (Gerrero, 62), Tapiya (Akino, 87), Karrilo, Kueva, Farfan (Ruidias, 85), Yotun.
Daniya – Shmeyxel, Ker, Larsen, Dalsgor, Kristensen (Yorgensen, 81), Kvist (Shone, 36), Dileyni, Eriksen, Sisto (Breytueyt, 67), Yorgensen, Poulsen.
Ogohlantirishlar: Tapiya (38), Dileyni (86).
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi
Fan-texnika | 01:37
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
-
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi
Jahon | 22:55 / 23.06.2025
Mavzuga oid

23:10 / 26.11.2022
JCh-2022. Mbappe dubli evaziga Daniyani mag‘lub etib, Fransiyani 1/8 finalga olib chiqdi

16:33 / 09.06.2021
Yevro-2020, tanishtiruv: V guruhi - Rossiyaning raqiblari FIFA reytingi yetakchisi va skandinavlar

18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin

08:19 / 04.12.2018